ICG kompaniyasi Rossiyadagi xalqaro ko'rgazmada ishtirok etmoqda

Xalqaro savdo-iqtisodiy faoliyatini kengaytirish maqsadida ICG kompaniyasi ko'plab xalqaro ko'rgazmalarda ishtirok etib kelmoqda. 

Kompaniya mutasaddilari boshchiligdagi vakillarimiz ayni damda Rossiya poytaxti Moskva shahrida bo'lib o'tayotgan "Мир Климата 2024" xalqaro ko'rgazmasida qatnashmoqdalar. 

"Мир Климата 2024" xalqaro ko'rgazmasi iqlim texnologiyalari namoyishiga ixtisoslashgan tadbir bo'lib, sanoat, savdo va ijtimoiy sohalarda qo'llaniladigan sovutish, ventilyatsiya, isitish tizimlari mahsulotlari namoyish etiladi. 

27-fevral - 1-mart kunlari bo'lib o'tuvchi ushbu ko'rgazmada ICG kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan misdan tayyorlangan, qo'shilgan qiymatli mahsulotlar stendi ham joy olgan. 

Bu yili dunyoning 40 dan ortiq davlatidan, Rossiyaning 79 mintaqasidan 11 mingga yaqin ishtirokchilar, iste'molchilar ushbu ko'rgazmada tashrif buyurishi kutilmoqda. 

ICG kompaniyasi ham ushbu ko'rgazma doirasida bir qator xorijiy kompaniyalar, tashkilotlar bilan savdo-iqtisodiy hamkorlik aloqalarini o'rnatish borasida muzokaralar olib bormoqda.