Saudiya Arabistonida ICG kompaniyasi mahsulotlari namoyish qilindi

Yaqin Sharq mintaqasi, xususan Saudiya Arabistoni sovutish, ventilyatsiya qurilmalari va maishiy texnika kabi mahsulotlar uchun talabgir bozorlarga ega. 

Ushbu mamlakatda bo'lib o'tgan "Big 5 Construct Saudi" xalqaro ko'rgazmasi esa bunday bozorlarga kirib borish va hamkorlar topishda ajoyib imkoniyat yaratdi. 

ICG kompaniyasi shu maqsadda 26-29-fevral kunlari bo'lib o'tgan ushbu ko'rgazmada ishtirok etdi. 

Kompaniya tomonidan ishlab chiqarilgan hamyonbop va sifatli mahsulotlar ko'rgazma ishtirokchilarida katta qiziqish uyg'otdi. 

2010-yildan beri o'tkazib kelinadigan ko'rgazmada Yaqin Sharq mintaqasi va butun dunyodan 100 mingdan ortiq ishtirokchi va tashrif buyuruvchilar qatnashdi. 

Savdo va eksport geografiyasini kengaytirish maqsadida bir qancha kompaniya va tashkilotlar bilan hamkorlik uchrashuvlari va muzokaralari o'tkazildi.