Italiyadagi "Mostra Convegno Expocomfort 2024" xalqaro ko'rgazmasida kompaniya mahsulotlari namoyish etildi

"ICG" kompaniyasi mutaxassislaridan iborat guruh Italiyaning Milan shahrida 12-15-mart kunlari bo'lib o'tgan "Mostra Convegno Expocomfort 2024" (MCE-2024) xalqaro ko'rgazmasida ishtirok etishdi.

Ko'rgazma pavilionida "ICG" kompaniyasida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar ishtirokchilar e'tiboriga havola etildi. 

Shu bilan birga, yangi savdo va hamkorlik aloqalari o'rnatish borasida ko'plab kompaniyalar, tashkilotlar vakillari bilan muzokaralar olib borildi.

MCE-2024 xalqaro ko'rgazmasi qayta tiklanadigan manbalar, suvdan foydalanish texnologiyalari sohasidagi yetakchi kompaniyalar yig'ilib o'z mahsulotlarini namoyish qiluvchi global tadbirdir. Ushbu ko'rgazmada kompaniyalar tomonidan sanoat va uy-joy sektorida aqlli binolar uchun yangi texnologiyalar, yechimlar taqdim etiladi. 

43-marta o'tkazilgan bu yilgi ko'rgazma 22 dan ortiq davlatdan 42 dan ortiq sanoat sohalari bo'yicha ishtirokchilar qatnashdilar.