«ICG» korxonasi “ACREX 2024” nufuzli xalqaro ko’rgazmasida ishtirok etadi

"ACREX 2024" xalqaro ko'rgazmasi Hindiston poytaxti Dehli shahrida, "23-Global ventilyatsiya, konditsioner va sovutish uskunalari texnologiyalarining ta'minot zanjirini quvvatlantirish" mavzusida bo’lib o’tmoqda.

Iqlim texnologiyasi ishlab chiqaruvchilari va yetkazib beruvchilarini bir maydonga jam qilgan ko’rgazmada ICG kompaniyasi o'zining yuqori qo’shilgan qiymatli mahsulotlari bilan qatnashadi. 

Xususan, kompaniya mas'ullari bir qator yirik xorijiy kompaniya vakillari bilan o’zaro hamkorlik aloqalarini o’rnatish va eksport salohiyatini oshirish borasida muzokara olib boradilar.

Isitish, sovutish, ventilyatsiya sohasida qo'llaniluvchi texnologik qurilmalar va ularning butlovchi qismlari namoyish qilinuvchi ko'rgazmada dunyo bo'ylab yuzlab ishlab chiqaruvchilar va minglab ishtirokchilar qatnashishi ko’zda tutilgan.

Xalqaro ko'rgazma joriy yilning 15-17-fevral kunlari bo’lib o’tadi. "ICG" kompaniyasining ushbu ko'rgazma doirasidagi faoliyatini e'tiboringizga havola etib boramiz.